Central AsianResearch Index

GURUHIY JIPSLIK FENOMENI VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada guruhiy jipslik fenomenining ijtimoiy-psixologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi guruhiy jipslikning mohiyatini ochib berish hamda uning shakllanish omillari va guruh faoliyatiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida aralash metodologiya qo‘llanilib, so‘rovnoma va intervyu usullari orqali ma’lumotlar yi g‘ildi. Olingan natijalar guruhiy jipslik o‘zaro ishonch, kommunikatsiya sifati va umumiy maqsadlarga yo‘naltirilganlik bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatdi. Shuningdek, guruhiy jipslikning yuqori darajasi samaradorlikni oshirishi bilan birga, ayrim hollarda tanqidiy fikrlashning pasayishiga olib kelishi mumkinligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari guruhiy jarayonlarni samarali boshqarishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega

Сведения

Опубликовано
2026 · № 2, С. 160
Источник
buxdu.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат университети