Central AsianResearch Index

Ingliz va o‘zbek tillarida astronomiyaga oid terminlarning morfemik tahlili va strukturaviy xususiyatlari

Mazkur ishda ingliz va o‘zbek tillaridagi astronomik terminlarning morfemik tuzilishi, leksik -derivatsion xususiyatlari hamda shakllanish mexanizmlari keng tahlil qilingan. Tadqiqotda terminlar tub (sodda) va affiksatsiya hamda kompozitsiya usulida yasalgan yasama birliklarga ajratilib, ularning ichki strukturaviy qatlamlari yori tilgan. Tub terminlar asosan grek va lotin tillaridan o‘zlashgan b o‘lib, zamonaviy til tizimida yaxlit va b o‘linmas leksik birlik sifatida qaraladi. Yasama terminlar esa aniq morfemik segmentatsiyaga ega b o‘lib, xalqaro va milliy affikslar hamda ildizlar asosida hosil qilinadi. Tahlil natijalari ingliz tilida astronomik terminologiya yuqori darajada standartlashgan va barqaror derivatsion tizimga ega ekanini, o‘zbek tilida esa milliy leksika va xalqaro o‘zlashmalar uy g‘unlashuvi asosida shakllangan moslashu vchan terminologik tizim mavjudligini ko‘rsatadi.

Сведения

Опубликовано
2026 · С. 155
Источник
buxdu.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат университети