O‘ZBEKISTON SHAROITIDA RADIATSION RAZVEDKANI DIFFERENSIAL YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada O‘zbekiston sharoitida favqulodda vaziyatlarda radiatsion razvedkani takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda radiatsion xavf obyektlarining kelib chiqishi, joylashuvi va oq ibatlari turlicha bo‘lishi sababli razvedkani yagona andoza asosida tashkil etish yetarli samara bermasligi asoslab berilgan. Shu asosda radiatsion xavf obyektlari guruhlashtirilib, ular uchun ustuvor razvedka vazifalari belgilandi. Shuningdek, razvedka pasportlari, kuzatuv marshrutlari hamda dala o‘lchovlari, dozimetrik nazorat va doza baholashni o‘zaro bog‘laydigan ko‘p bosqichli operatsion model taklif etilgan. Tadqiqot natijalari radiatsion razvedkani obyektga mos samarali boshqaruv vositasi sifatida takomillashtirishga xizmat qiladi
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · № 1, С. 8
- Источник
- api-portal.gov.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги Ёнғин хавфсизлиги ва фавқулодда вазиятлар муаммолари илмий-тадқиқот институти