Central AsianResearch Index

FUQARO MUHOFAZASI HIMOYA INSHOOTLARI XAVFSIZLIGI VA IQTISODIY SAMARADORLIGINI KOMPLEKS BAHOLASH

Ushbu maqolada fuqaro muhofazasi himoya inshootlari xavfsizligi va iqtisodiy samaradorligini bir butun tizim sifatida baholash masalasi yoritiladi. Himoya inshootlarini faqat konstruktiv mustahkamlik yoki sig‘im bo‘yicha baholash amaliyotida ularning haqiqiy foydalilik darajasini to‘liq ochib bermaydi. Shu sababli maqolada konstruktiv barqarorlik, zarba va parchalar ta’siriga chidamlilik, germetiklik, filtratsiya -ventilyatsiya, suv va elektr ta’minoti, sanitariya qulayligi, evakuatsiya logistikasi, joylashuvning shaharsozlik jihatdan maqbulligi hamda hayotiy sikl xarajati birgalikda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davo mida me’yoriy -huquqiy hujjatlar, shaharsozlik talablari, seysmik xavfsizlik bo‘yicha amaldagi qoidalar va xalqaro ofat xavfini kamaytirish yondashuvlari tahlil qilindi. Natijada xavfsizlik hamda iqtisodiy samaradorlikni integrallashgan ko‘rsatkich asosida ifodalovchi ko‘p mez

Сведения

Опубликовано
2026 · № 7, С. 87
Источник
api-portal.gov.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги Академияси