Central AsianResearch Index

KROSS-DIFFUZIYALI NOCHIZIQLI PARABOLIK TENGLAMALAR SISTEMASI YORDAMIDA TEXNOGEN XAVFLARNI MODELLASHTIRISH

Ushbu maqolada kross-diffuziyaga ega bo‘lgan nodivergent ko‘rinishdagi nochiziqli parabolik tenglamalar sistemasi yechimlarining Blow-up xossalari o‘rganiladi. Tadqiqot davomida yechimlarning mavjudligi, Blow-up hodisasining yuzaga kelish shartlari, Blow-up tezligi hamda Blow-up sodir bo‘ladigan fazoviy hudud aniqlanadi. Qaralayotgan model ikki komponentning o‘zaro ta’sirini tavsiflaydi va bir komponent diffuziyasining boshqa komponent konsentratsiyasiga bog‘liqligini hisobga oladi. Bunday matematik modellar kimyoviy reaksiyalar, ekologik jarayonlar, issiqlik almashinuvi hamda texnogen xavf jarayonlarini tavsiflashda keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, maqolada zaharli moddalar tarqalishi bilan bog‘liq texnogen xavf jarayonini modellashtirish misoli keltiriladi hamda natijalarni Geoaxborot texnologiyalari (GAT) yordamida fazoviy vizuallashtirish imkoniyati ko‘rib chiqiladi

Сведения

Опубликовано
2026 · № 7, С. 5
Источник
api-portal.gov.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги Академияси