Central AsianResearch Index

FUQARO MUHOFAZASI XAVFSIZLIGINI TA’MINLOVCHI UCH ASOSIY POYDEVOR (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “FUQARO MUHOFAZASI TO‘G‘RISIDA”GI, AHOLINI VA HUDUDLARNI TABIIY HAMDA TEXNOGEN XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI HAMDA “YONG‘IN XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNLARNING AHAMIYATI VA TAHLILI)

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohalarida shakllangan huquqiy asoslar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonun, “Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati va xalqaro standartlarga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mazkur qonunlar favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlashda samarali huquqiy mexanizm bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan. Bugungi kunda favqulodda vaziyatlar xavfi global va mintaqaviy miqyosda insoniyat hayoti va faoliyati uchun jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda. Tabiiy ofatlar, texnogen halokatlar, ekologik muammolar, shuningdek

Сведения

Опубликовано
2025 · № 5, С. 98
Источник
api-portal.gov.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги Академияси