OLIY HARBIY TA’LIMDA FIZIKA FANIDAN MOBIL ILOVALAR HAMDA ROBOTOTEXNIKA ELEMENTLARINI QO‘LLASHNING O‘ZIGA XOSLIGI
Bugungi kunda dunyoda 10 millionga yaqin robototexnik qurilmalar mavjud bo‘lib, mutaxassislarning fikricha yaqin kelajakda robototexnika sohasida inqilobiy o‘zgarishlar yuz beradi va robototexnik qurilmalar kompyuterlar singari insonlar foydalanishi uchun ochiq bo‘ladi. Robototexnika ommaviy ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda, raqamli dasturiy boshqaruvga ega bo‘lgan murakkab qurilmalarni qo‘llashda ishlatilmoqda. Ishlab chiqiladigan texnik tizimlar nafaqat uzoq sayyoralar yuzasini, okeanlar chuqurligini, balki inson ichki organizmlari tuzilishini, shuningdek, nano darajadagi organik va noorganik moddalarning molekulyar tuzilishini o‘rganishi va tadqiq etishi mumkin. Robototexnik tizimlar inson tanasining ba’zi vazifalariga muvofiq ko‘rsatkichlar va boshqaruv tamoyillarini mos ravishda modellashga imkon beruvchi qurilmalar hisoblanadi
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · № 5, С. 291
- Источник
- api-portal.gov.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги Академияси