ZILZILAVIY HUDUDLARDA NAMLANGAN LYOSSIMON ZAMINLARNING SEYSMIK TURG‘UNLIGINI TA’MINLASHNING TAKOMILLASHTIRILGAN USULI
Ushbu maqolada zilzilaviy hududlarda namlangan lyossimon zaminlarning seysmik turg‘unligini ta'minlashning takomillashtirilgan usuli taqdim etiladi. Lyossimon zaminlar o‘zining geotexnik xususiyatlari va seysmik to‘lqinlarga javobi bilan mashhur bo‘lib, ular zilzilalar vaqtida ko‘plab xavf -xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin. Sh u sababli, seysmik xavflarni kamaytirish va zaminlarning barqarorligini oshirish maqsadida zamonaviy materiallar, kompyuter modellashtirish va monitoring tizimlari orqali yangi usullar ishlab chiqilgan. Ushbu usullar orasida zaminning mexanik va kimyoviy x ususiyatlarini yaxshilash, polimer va geosintetik materiallardan foydalanish, shuningdek doimiy monitoring tizimlarini joriy etishni ko‘rib chiqamiz. Natijada, ushbu takomillashtirilgan yondashuvlar zilzilaviy hududlarda zamin barqarorligini oshirib, inshootlarning xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · № 5, С. 146
- Источник
- api-portal.gov.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги Академияси