Central Asian Research Index

Agrobiznes, fan va texnologiyalar, 2026, т. 4, № 8

Yumshoq pishloqlarni qadoqlashda modifikatsiyalangan gaz muhiti (MAP) va ko'p qatlamli baryer plyonkalar integratsiyasining ilmiy-amaliy asoslari

Жахонгир Бахтиёр угли Пернапасов, Гиёс Суннат угли Турсунов, Jaxongir Baxtiyor o'g'li Pernapasov, G'iyos Sunnat o'g'li Tursunov, Jakhongir Bakhtiyor o'g'li Pernapasov, G'iyos Sunnat o'g'li Tursunov

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada yuqori namlikka ega bo'lgan hamda mikrobiologik buzilishlarga tez moyil yumshoq pishloqlar (Brinza, Labne va Adigey) sifatini saqlash hamda ularning yaroqlilik muddatini uzaytirishda zamonaviy qadoqlash texnologiyalarining ilmiy-amaliy samaradorligi o'rganilgan. Tadqiqot davomida an'anaviy qadoqlash usullarining mikrobiologik, fizik-kimyoviy va organoleptik ko'rsatkichlarga ta'siri tahlil qilinib, ularga muqobil sifatida modifikatsiyalangan gaz muhitida qadoqlash (Modified Atmosphere Packaging — MAP) hamda yuqori to'siq (baryer) xususiyatiga ega bo'lgan ko'p qatlamli PET/PE/EVOH plyonkalaridan foydalanish samaradorligi baholangan.

Сведения · Details