Uy sharoiti va issiqxonalarda sitrus o’simliklarini o’stirish agrotexnikasi
Sitrus o’simliklari dunyo qishloq xo’jaligida muhim iqtisodiy va oziq – ovqat ahamiyatiga ega bo’lgan subtropik mevali ekinlar qatoriga kiradi. Limon, mandarin, apelsin va greypfrut kabi sitrus turlari yuqori vitaminligi, ayniqsa C vitaminiga xususiyatlari bilan inson salomatligi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Uy sharoitida sitrus o’simliklarini yetishtirish nafaqat estetik muhit yaratish, balki xona havosini tozalash, namlikni me’yorlashtirish va aholini yangi mevalar bilan ta’minlash imkoniyatini ham beradi. Biroq mazkur o’simliklar subtropik iqlimga moslashganligi sababli ularni xona yoki issiqxona sharoitida parvarishlashda yorug’lik, harorat, namlik, sug’orish va oziqlantirish kabi agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etish talab etiladi. Hozirgi kunda uy sharoitida sitrus o’simliklarini yetishtirish bo’yicha turli tajribalar olib borilmoqda, ammo mahalliy iqlim va xona sha
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · С. 85
- Источник
- agro-inform.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон тадбиркорлик ва фермерликни қўллаб-қувватлаш маркази