Central AsianResearch Index

Cowpeaning qurg‘oqchilikka chidamliligi va qishloq xo‘jaligida foydalanish istiqbollari

Mazkur maqolada sho‘rlangan va degradatsiyaga uchragan tuproqlar sharoitida Cowpea (Vigna unguiculata L.) ning Cowpea IP 9643 navini yetishtirish hamda urug‘chilik tizimini tashkil etish natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumani, Isker Tabisken fermer xo‘jaligi dalalarida 10 gektar maydonda olib borildi. Ekish 60×5 sm sxemada, gektariga 30 kg urug‘ me’yorida amalga oshirildi. Mineral o‘g‘itlar N100P120K60 me’yorida qo‘llanildi. Natijalarga ko‘ra, 1 gektar maydondan 1,481 t/ga don hosili olindi. Bundan tashqari, yashil massa hosili 5,9–8,9 t/ga ni tashkil etishi, yuqori protein va yem birligi ko‘rsatkichlariga ega ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari sigir no‘xatining sho‘rlangan tuproqlarda barqaror hosil berish, yemxashak bazasini kengaytirish hamda tuproq unumdorligini yaxshilashdagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Таyanch so‘zlar: sigir no‘xati, C

Сведения

Опубликовано
2026 · С. 129
Источник
agro-inform.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Ўзбекистон тадбиркорлик ва фермерликни қўллаб-қувватлаш маркази