Central AsianResearch Index

N. Introduksiya qilingan soya (glycine max (l.) Merr.) Nav-namunalarining osmotik stress sharoitida urug‘ unuvchanligi asosida qurg‘oqchilikka bardoshliligini baholash

Maqolada Janubiy Koreya seleksiyasiga mansub 16 ta introduksiya qilingan soya nav-namunasi va Uzbekskaya 2 andoza navining osmotik stress sharoitida urug‘ unuvchanligi asosida qurg‘oqchilikka bardoshliligi baholandi. Osmotik stress saxaroza eritmasi yordamida modellashtirildi. Tajribada urug‘ unuvchanligi 48–99% oralig‘ida bo‘lib, o‘rtacha ko‘rsatkich 85,06% ni tashkil etdi. Natijalarga ko‘ra, 12 ta nav-namuna yuqori, 3 ta nav-namuna o‘rtachadan yuqori va 2 ta nav-namuna o‘rtacha bardoshli guruhga ajratildi. CH27 (-266), CH28 (-268), CH11 (-018), CH7 (-014), KO18, Uzbekskaya 2, US-80 (-699), US-44 (-641), US-82 (-701), KO20, CH3 (-008) va US-14 (-382) istiqbolli boshlang‘ich material sifatida tavsiya etildi. Тayanch so‘zlar: soya, Glycine max, osmotik stress, saxaroza, urug‘ unuvchanligi, qurg‘oqchilikka bardoshlilik, seleksiya. Agro Inform N2 [19] 2026126 N2 [19] 2026 Agro Inform 127 ur

Сведения

Опубликовано
2026 · С. 126
Источник
agro-inform.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Ўзбекистон тадбиркорлик ва фермерликни қўллаб-қувватлаш маркази