Central AsianResearch Index

NYUKASL KASALLIGIGA QARSHI EMLANGAN GO‘SHT YO‘NALISHIDAGI JO‘JALAR ORGANIZMIGA XITOZAN PROBIOTIGINING TA’SIRI

Maqolada sanoatlashgan parrandachilikda va fermer xo‘jaliklarida boqilayotgan broyler Ross 308 jo‘jalariga La-Sota shtamm li tirik vaksinani emlash va Xitozan probiotigini qo‘llash orqali Nyukasl kasalligiga qarshi samarali immunoprofi laktika jarayonini o‘rga nish bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Emlash va xitozan qo‘llanilgandan so‘ng 7, 14 va 21 kunlarda barcha jo‘jalardan qon namunalari olindi hamda GATR (gemagglutinatsiyani tormozlash reaksiyasi) tahlili yordamida ularning immunitet holati baholandi. Tajriba guruhlaridagi parrandalarda nazorat guruhiga nisbatan antigemagglutinin (antitana) titrlari sezilarli darajada oshganligi aniqlandi. Tadqiqotlarning 14 va 21 kunlarida antitana titrlarining barqaror va yuqori darajada saqlanishi jo‘jalarda kuchli va uzoq davom etuvchi immunitet shakllanayotganligini namoyon qildi. Shuningdek, tajriba guruhidagi jo‘jalarda tirik vazn ortishi nazorat

Сведения

Опубликовано
2026 · № 5, С. 6
Источник
vetmed.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Ўзбекистон Республикаси Давлат ветеринария қўмитаси, , Чорвачилик маҳсулотлари ишлаб чиқарувчилар уюшмаси, , Ўзбекистон фермерлар кенгаши, «AGROZOOVETSERVIS», масъулияти чекланган жамият