QORAKO‘L QO‘YLARI NASLDORLIGIGA ASHIMETRIN ALPHA INSEKTITSID DUSTINING TOKSIK TA’SIRI
Ilmiy maqolada ashimetrin alpha piretroidi asosida tayyorlangan 0,25% li insektitsid dustini qorako‘l qo‘ylariga kimyoprofi laktik maqsadida uzoq vaqt davomida qo‘llash orqali uning nasldorligiga toksik ta’ siri o‘rganilgan. Natijada insektitsid dustini 6 oy mobaynida, har 10 kun oralig‘ida bir martadan bo‘g‘imoyoqli zararkunandalarga qarshi kimyoprofi laktika maqsadida qo‘llanilgan. Shu davr mobaynida tajribadagi qorako‘l qo‘ylari qoni tarkibidagi morfobiokimyoviy ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar aniqlandi. Qo‘ylar o‘zaro tabiiy qochirilib, bo‘g‘ozlik davri nazoratda bo‘ldi. Qo‘ylar 154155 kunda qo‘zilab, tajribadagi sovliqlarning har biridan bir boshdan qo‘zi olingan bo‘lsa, nazoratdagi 3 bosh qo‘ylarning bir boshidan ikkita va qolgan 2 boshidan bittadan, jami 4 ta qo‘zi olindi. Ushbu tajriba va nazorat guruhida tug‘ilgan qo‘zilarning tug‘ilgandan 30 kundan keyingi rivojlanish davrida he
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · № 4, С. 29
- Источник
- vetmed.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Давлат ветеринария қўмитаси, , Чорвачилик маҳсулотлари ишлаб чиқарувчилар уюшмаси, , Ўзбекистон фермерлар кенгаши, «AGROZOOVETSERVIS», масъулияти чекланган жамият