Central AsianResearch Index

ZAMONAVIY MATEMATIK DARS METODLARI: METODIK TAVSIYALAR

ushbu maqolada zamonaviy matematika dars metodlarining mazmuni, ularning didaktik ahamiyati va dars samaradorligini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Xususan, kompetensiyaviy yondashuv asosida faol o‘qitish metodlari, loyihaviy yondashuv va raqamli texnologiyalarning dars jarayonidagi afzalliklari ochib berilgan. Maqola so‘ngida amaliyotchi o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalar keltirilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida matematika fani faqat nazariy bilimlarni o‘rgatish vositasi emas, balki mantiqiy fikrlash, muammolarni tahlil qilish, algoritmik tafakkur kabi ko‘nikmalarni shakllantirish vositasi sifatida qaralmoqda. Bu o‘zgarishlar o‘qituvchidan an’anaviy metodlardan voz kechib, innovatsion va interfaol yondashuvlarga asoslangan yangi metodikani joriy etishni talab etadi. Mazkur maqolada matematik ta’limda zamonaviy metodlarning o‘rni, ular orqali o‘quvchilarni faol ishtirokchi sifatida shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 6
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти