YOSHLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH SOHASIDA DAVLATNING INNOVATSION SIYOSATI
Ushbu maqolada O‘zbekistonda yoshlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatining innovatsion yondashuvlari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada innovatsion siyosatning nazariy asoslari, xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda ularning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan milliy modeli yoritilgan. Muallif yoshlarning ta’lim, sog‘liqni saqlash , bandlik, uy-joy, ekologiya, madaniyat va axborot texnologiyalari kabi sohalardagi ijtimoiy ehtiyojlarini zamonaviy, innovatsion vositalar orqali ta’minlash yo‘llarini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi immunitetga ega halol yoshlar avlodini shakllantirish masalasi ham keng muhokama qilinadi. Maqolada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali ularni davlatning innovatsion resursiga aylantirishga qaratilgan bo‘lib, bu esa barqaror taraqqiyotga xizmat qiladi
Сведения
- Опубликовано
- 2024 · Т. 2, № 1
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти