“YORUG‘ YULDUZLAR” MUSIQALI DRAMASIDAGI JADIDLAR SIYMOSI”
XX asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik harakati o‘zbek xalqining milliy uyg‘onishi, ma’naviy taraqqiyoti va zamonaviy tafakkur shakllanishida muhim tarixiy hodisa bo‘ldi. Jadidlarning ma’rifatparvarlik, ozodlik va taraqqiyot g‘oyalari nafaqat adabiyot va ijtimoiy fikrda, balki teatr va musiqa san’atida ham chuqur aks etdi. Bugungi kunda ushbu g‘oyalarni musiqali drama janri orqali sahnaga olib chiqish, ularni zamonaviy badiiy vositalar yordamida talqin etish dolzarb masalalardan biridir. Ana shu jihatdan “Yorug‘ yulduzlar” musiqali dramasi jadidlar merosini musiqiy-dramaturgik jihatdan qayta talqin etgan muhim sahna asari sifatida ilmiy tahlilga loyiqdir.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 12
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти