YEVROOBLIGATSIYALARNI MUOMALAGA CHIQARISH VA AMALIYOTINI SAMARALI TASHKIL ETISH
Jahon kapital bozorlarining faol integratsiyasi taxminan yigirma yil oldin boshlangan va keyingi yillarda sezilarli darajada oshdi. Investorlar , emitentlar va moliyaviy vositachilarning tajribalari ortib borgani , axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining rivojlanishi barcha moliyaviy operatsiyalarni yangi darajaga olib chiqqani , xalqaro va milliy tartibga soluvchi institutlarning muvofiqlashuvi kuchayganligi sababli xalqaro kapital bozorlari endi bir-biri bilan ko‗proq bog‗lanib bormoqda. So'nggi ikki-uch o'n yillikda jahon kapital bozori rivojlandi, u milliy tartibga solish rejimlarining qarama-qarshiliklari va noqulayliklarini yengib o'tishga qodir, shu bilan birga qarz oluvchilar sifatini doimiy monitoringini ta'minlaydi bu yevro qog'ozlar bozori va birinchi navbatda, yevro obligatsiyalari , uning eng keng qismini ifodalaydi. Ushbu maqola uchta qismdan iborat. Birinchi qismda yevroobligatsiyalarning paydo bo‗lish tarixi , ikkinchi va uchinchi qismlarda yevroobligatsiyalarning chiqarilishi va muomalasining o‗ziga xos xususiyatlariga e‘tibor qaratilgan.
Сведения
- Опубликовано
- 2022 · Т. 2, № 11
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти