Central AsianResearch Index

YECHILMAYDIGAN PROTEZLARNI TAYYOR LASHDA SUN’IY TISHLAR RANGINI ANIQLASH USULLARINING QIYOSIY TAHLILI

Hozirgi kunda zamonaviy ortopedik stomatologiya yutuqlari shuni ko‘rsatadiki, estetik protezlash amaliyoti sun’iy tishlar rangini imkon qadar tabiiylik va aniqlik asosida tanlashni talab qilmoqda. Sun’iy tishlar rangini aniqlashning an’anaviy, raqamli, skanerlash kabi birqancha turlari mavjud. Shu kungacha mazkur xilma-xil usullarning o‘zaro qiyosiy sama radorligi yetarlicha tahlil qilinmagan. Texnika va texnologiyalar qanchalik rivoj topib borma sin, sun’iy tishlar rangini aniqlash usullari shunchalik munozarali masalaga aylanmoqda. Chunki so‘nggi vaqtlarda usullar ko‘p kashf etildi, biroq ularning real amaliyotda tadbiq eti layotganlari turli sabablarga ko‘ra tahlil qilish cheklangandir. Ushbu maqolada ayrim usul larning afzalliklari, kamchiliklari va klinik qo‘llanilishi, shuningdek, ranglar aniqligiga ta’sir etuvchi omillar haqida qisqacha muhokama qilingan.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 4, № Special issue
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти