XUSUSIY MAKTABLAR BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.
so‘nggi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xususiy ta’lim muassasalari soni sezilarli darajada ortib bormoqda. Xususiy maktablar zamonaviy ta’lim xizmatlarini taklif etish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda ta’lim sifati va raqobatbardoshligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, ushbu muassasalarning samarali faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan boshqaruv tizimining to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Xususiy maktablarda boshqaruv faoliyatining samaradorligi pedagogik, tashkiliy hamda ijtimoiy omillar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayonni ilmiy jihatdan o‘rganish dolzarb pedagogik muammolardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqot xususiy maktablar boshqaruv faoliyatining samaradorligini pedagogik muammo sifatida tahlil qilishga qaratilgan.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 3
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти