XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA PSIXOLOGIK BILIMLARNING AHAMIYATI
Maqolada chet tilini o‘zlashtirish jarayonining psixologik jihatlari ko‘rib chiqiladi. Psixologiyaning ta’limdagi o‘rni va uning pedagogika va tilshunoslik bilan aloqasini o‘rganadi. Maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda psixologik nazariyalarni qo‘llash usullari, o‘qituvchining kasbiy til kompetensiyasi , o‘quv predmeti va o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish omillari, ayniqsa chet tillarini o‘rganish motivatsiyasi muhimligini ta’kidlaydi. Ushbu maqolada ta’limning asosiy omillari va tarkibiy qismlari bilan psixologik-pedagogik tahlili berilgan. Maqolada pedagogik psixologiyaning ta’rifi, uning rivojlanish va yosh psixologiyasi bilan yaqin aloqasi keltirilgan. Pedagogik psixologiyaning asosiy qismlarini belgilab berilgan va pedagogik psixologiyaning o‘qitish jarayonidagi ahamiyati va chet tilini o‘zlashtirishdagi rolini ko‘rsatilgan. Maqolada uning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi ko‘rsatilgan, hamda inson taraqqiyoti nazariyalarining ta’lim psixologiyasi uchun ahamiyatini ta’kidlab, har bir o‘qituvchi mehnatini tashkil etishning asosiy bosqichlarini tahlil qilingan. O‘qitish jarayonida ikkita asosiy jihat o‘zaro chambarchas bog’liq bo‘lgan o‘qitish va tarbiyalashning o‘rni ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘qitishning intellektini oshirish jarayonidagi bosqichlarning xarakteristikasi keltirilgan. Klassik psixoanaliz ota-ona va bola munosabatlarini bolaning shaxsiy rivojlanishi markaziga qo‘yadigan birinchi ilmiy yo‘nalish bo‘lganligi ma’lum.
Сведения
- Опубликовано
- 2022 · № Special Issue 1
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти