XONANDALIK SAN’ATIDA NAFAS OLISH MEXANIZMLARINING ANATOMIK VA AMALIY ASOSLARI
ushbu maqolada vokal ijrochiligida nafas olish jarayonining anatomikfiziologik asoslari va uning ovoz sifatiga ta’siri yoritilgan. Nafas olishda ishtirok etuvchi asosiy tuzilmalar — o‘pka, diafragma va qovurg‘a tizimining faoliyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, vokal san’atida keng qo‘llaniladigan nafas olish turlari qiyosiy ko‘rib chiqilib, qovurg‘a-diafragma (diafragmatik) nafas olish usulining afzalliklari asoslab beriladi. Maqolada xonandalar uchun nafasni boshqarish , havoni bir maromda chiqarish va tayanch ovozni mustahkamlashga qaratilgan amaliy mashqlar tizimi ham taklif etilgan. Tadqiqot natijalari vokal pedagogikasi va ijrochilik amaliyotida samarali foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 1
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти