Central AsianResearch Index

XAVOTIRLANISH HOLATI VA UNING NAZARIY O‘RGANILISHI

zamonaviy jahonda intellektual salohiyat va mustaqil fikrlash qobiliyati harbiy quvvatdan ustun kelmoqda. Bugungi ijtimoiy-siyosiy hayot yangi texnika va texnologiyalar, aql-idrok va fikrlash qobiliyatining hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan o‘ziga xos bosqichni ifodalaydi. Shu bilan birga, yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ularni muammolarni ijodiy hal qilishga tayyorlash muhim pedagogik vazifaga aylanmoqda. Biroq, bu jarayonda o‘quvchilarda xavotirlanish holatining namoyon bo‘lishi ularning bilim olish samaradorligiga va shaxsiy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Xavotirlanish – bu voqelikka nisbatan ruhiy keskinlik, kutilmagan oqibatlardan qo‘rqish va ichki noxush emotsional holat sifatida namoyon bo‘ladigan murakkab psixologik hodisadir.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 12
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти