Central AsianResearch Index

VERBAL AGRESSIYANING PSIXOLOGIK SABABLARI VA UNI BARTARAF ETISHDA MILLIY TARBIYA MODELINING O‘RNI.

zamonaviy jamiyatda insonlar o‘rtasidagi muloqot jarayonida turli psixologik va ijtimoiy muammolar kuzatilmoqda. Shunday muammolardan biri verbal agressiya hisoblanadi. Verbal agressiya – bu shaxsning boshqa insonlarga nisbatan so‘z orqali salbiy ta’sir ko‘rsatishi, haqorat qilish, tahqirlash, kamsitish yoki keskin tanqid qilish kabi nutqiy xatti-harakatlar orqali namoyon bo‘ladigan agressiv holatdir. Bunday holatlar jamiyatda shaxslararo munosabatlarning yomonlashuviga, psixologik ziddiyatlarning kuchayishiga hamda ijtimoiy muhitning salbiylashuviga olib kelishi mumkin. Ayniqsa yoshlar o‘rtasida verbal agressiya holatlari ko‘payib borayotgani ta’lim tizimi va tarbiya jarayoniga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. Verbal agressiya ko‘pincha shaxsning psixologik holati, oilaviy muhit, ijtimoiy bosim, stress va kommunikativ madaniyatning yetarli darajada shakllanmaganligi bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Shu nuqtai nazardan, milliy tarbiya modeli yosh avlodda ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish, hurmat, bag‘rikenglik, muloqot madaniyati va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish orqali verbal agressiyaning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy tarbiya tizimi xalqning tarixiy, madaniy va axloqiy qadriyatlariga asoslanib, shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiladi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 3
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти