UMUMTА'LIM MАKTАBLАRIDА DINIY АLLYUZIYALАRNI OʼQITISHNING ILMIYMETODIK АSOSLАRI
chet el adiblari asarlarida allyuziyalar alohida tizim sifatida shakllangan boʼlib, ularning mohiyat-mazmuni boʼyicha oʼquvchilarga bilim berish hozirgi taʼlimda dolzarblik kasb etib turibdi. Аyonki, ijtimoiy voqelik inson ongida kontsept va analogiyalar sifatida shakllanadi. Fanda bilim tuzilmalarining ikki turi ajratiladi: lingvistik (grammatik, fonetik, leksik, frazeologik, soʼz tuzilishi, semantik, stilistik bilimlar); ekstralingvistik (tildan tashqari, madaniy bilimlar: sanʼat, adabiyot , tarix, din ; kommunikativ: soʼzlashuv jarayoni, maʼlum madaniy qatlamda qabul qilingan odob-axloq qoidalari, estetik meʼyorlar haqidagi bilimlar). Yuqorida keltirilgan bilim tuzilmalarining hech biri ikkinchisini inkor qilmaydi, balki ular bevosita hamda bilvosita aloqada boʼlib turadi. Аnglashiladiki, din bilim tuzilmasida asosiy oʼrin tutadi.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 4
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти