TURIZM VA SAYOHATDA GPTDAN FOYDALANISH
chat GPT-ning sayyohlik agentliklari bilan integratsiyalashuvi nafaqat evolyutsiya, balki mijozlar bilan bog'lanish va operatsiyalarni soddalashtirish yo'lidagi inqilobni ham ifodalaydi. Turizm va sayyoylik sohasida chat GPTdan foydalanish bugungi kunnining dolzarb masalalaridan biridir. ChatGPT mijozlar so'rovlarini ko'rib chiqish, bron qilish ma'lumotlarini, mahalliy diqqatga sazovor joylarni, marshrut tavsiyalarini taqdim etish uchun ishlatilishi mumkin. Bu mijozlarga xizmat ko'rsatishni yaxshilashi va sayohat tajribasini yanada qulayroq qilish imkoniyatini beradi. ChatGPT sayyohlarga marshrutlar, mehmonxonalar, restoranlar, diqqatga sazovor joylar uchun tavsiyalar va boshqalarni taklif qilish orqali sayohatlarini rejalashtirishga yordam beradi. Bu esa sayohat qilishni rejalashtirayotgan joyni bilmaganlar uchun foydalidir. Bundan tashqari ChatGPT turli tillarda ishlashga qodir, bu esa uni butun dunyo bo'ylab sayyohlar bilan muloqot qilish uchun qulay vositaga aylantiradi. Bu muloqotni osonlashtirishga va ona tilida ma'lumot berishga yordam beradi. Sayohat vaqtida sayyoh biror yordamga muhtoj sezsa, yoki biror savol tug`ilsa, ChatGPT real vaqt rejimida yordam ko'rsatishi mumkin. Turistlar kerakli ma'lumot va yordamni tezda olishlari mumkin.
Сведения
- Опубликовано
- 2024 · № 4
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти