TOPOLOGIK TADQIQOTLAR (MAZMUNI, MOHIYATI VA AHAMIYATI)
ushbu maqolada geografiyada topologik tadqiqotlarning mazmuni, mohiyati va amaliy ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilingan. Topologik yondashuv geografik fazodagi obyektlar va hududiy tizimlarning masofadan qat'i nazar, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar, uzluksizlik , chegaralanganlik va markaz–periferiya munosabatlari orqali o‘rganilishini ko‘rsatadi. Maqolada topologiyaning geografik tarmoqlarni modellashtirish, transport-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish, landshaft va geotizimlar tuzilishini aniqlash, ekologik jarayonlar va gidrologik tizimlardagi bog‘lanishlarni tushuntirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, topologik yondashuvning urbanizatsiya , kartografiya , shaharsozlik, migratsiya oqimlari va geologik jarayonlarni tahlil qilishdagi samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijasida topologik metodlarning geografik tizimlarni chuqur anglash, murakkab fazoviy jarayonlarni soddalashtirilgan model orqali tushuntirish va hududiy tahlilning ilmiy asoslarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekani aniqlangan.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 12
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти