TIBBIY MATNLAR KORPUSIDA SINONIMIYA VA VARIATIVLIKNING QIYOSIY KO‘RINISHLARI (INGLIZ–O‘ZBEK MISOLIDA)
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy matnlar korpusida sinonimiya va leksik variativlik hodisalari qiyosiy va tizimli ravishda tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tibbiy terminlar va terminologik bo‘lmagan birliklar doirasida sinonimik qatorlarning shakllanishi, ularning kontekstual qo‘llanish xususiyatlari hamda tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik va pragmatik farqlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot korpus lingvistikasi, qiyosiy-tavsifiy, kontekstual va funksional tahlil metodlariga asoslanadi. Olingan natijalar ingliz tilida tibbiy terminologiya yuqori darajada standartlashganini, o‘zbek tilida esa izohli va tavsifiy birliklar hisobiga leksik variativlik darajasi yuqori ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari tibbiy tarjima, terminologik me’yorlash va maxsus lug‘atlar tuzishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Сведения
- Журнал
- Research Focus
- Опубликовано
- 2025 · Т. 4, № 12
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ветеринария ИТИ ва “Илм-фан ва инновациялар академияси” МЧЖ