TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA OBRAZLI TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH USULLARI
ushbu maqolada tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarning obrazli tafakkurini shakllantirishning samarali usullari yoritilgan. Obrazli tafakkur bu insonning tasavvur, histuyg‘u va estetik idrok asosida vizual ma’lumotni anglash va qayta yaratish qobiliyatidir. Mazkur maqolada pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar , ijodiy topshiriqlar hamda san’at asarlari tahlili orqali o‘quvchilarda obrazli tafakkurni rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, tasviriy san’at fanining faqat texnik ko‘nikmalar emas, balki estetik dunyoqarash va ijodiy tafakkurni shakllantirishdagi o‘rni ham ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola natijalari ushbu yo‘nalishda dars samaradorligini oshirish va zamonaviy didga ega shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 5
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти