TALABALIK DAVRIDA LOKUS NAZORATNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
mazkur maqolada lokus nazorat shaxslarning voqealar va natijalar uchun mas’uliyatini qanday his qilishini belgilaydigan psixologik tushuncha sifatida o‘rganiladi. Lokus nazorat psixologik nazorat va ta'lim jarayonlarida shaxsning muvaffaqiyati uchun muhim omil hisoblanadi. Ichki lokus nazoratga ega shaxslar muvaffaqiyatni o‘z harakatlari bilan bog‘laydi, bu esa ularning motivatsiyasini oshiradi va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Tashqi lokus nazoratga ega bo‘lganlar muvaffaqiyatni tashqi omillarga bog‘lab, o‘ziga ishonchni pasaytirishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ichki lokus nazoratni rivojlantirish talabalarning motivatsiyasi va muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Сведения
- Опубликовано
- 2024 · № 9
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти