TALABALARNING HAYOT TARZI VA UNING PSIXOEMOTSIONAL SALOMATLIKNI SHAKLLANISHDAGI O‘RNI.
Talabalar orasida ruhiy salomatlik muammolari kuchayib borishiga sabab bo'lgan omillardan biri, shaxsiy va vaziyatga oid tashvish darajasidagi o'zgarishlardir. Talabalar, xotira pozitivlik, diqqatsizlik, charchoqning kuchayishi, jahldorlik va asabiylashish kabi turli darajadagi nevrotik holatlarni boshdan kechirib, bu holatlar tez-tez imtihonlar yoki oraliq nazoratlar paytida kuzatilishi mumkin. Tadqiqot ob'ekti Alfraganus universitetining 75 ikkinchi kurs talabalari, shu jumladan 27 o'g'il va 48 qiz. Tahlil natijalariga ko'ra, oraliq nazorat shaxsning funktsional holatiga ta'sir qiladi degan xulosaga kelish mumkin. Oraliq nazoratdan oldingi vaziyatli tashvish darajasi kuchli hissiy va psixologik stressga sabab bo'ladi. Shuni aytib o'tish joizki, oraliq nazorat tugaganidan so'ng ham talabalarning 40 foizi vaziyatli tashvish darajasi o'rtacha ko'rsatkichga yaqinlashganini namoyon etdi
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 4, № 6
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти