TALABALARNI O‘ZBEK MILLIY KULOLCHILIGI VA EKOTURIZM VOSITASIDA TARBIYALASH.
kulolchilik — loydan turli buyumlar tayyorlanadigan hunarmandchilik tarmog‘idir. Keramika Sharqning qadimiy va innovatsion san’ati hisoblanib, u oddiy qora loydan ajoyib go‘zallik yaratgan. Kulolchilik bilan dunyoning barcha xalqlari shug‘ullanadi va ular bir-biridan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘zbek kulolchiligi uzoq tarixga, ajoyib an’analarga, shakl va mazmun uyg‘unligiga, ijodiy jarayon hamda o‘ziga xos uslubga ega. Kulolchilik — loydan kosa, langan, ko‘za, xum , tandir va boshqa buyumlar, shuningdek, turli o‘yinchoqlar yasaladigan sanoat tarmog‘idir. Keramika buyumlari sodda bo‘lishiga qaramay, o‘zining ko‘rinishi, chidamliligi, detallarining aniqligi va naqshlarining badiiy joylashuvi bilan butun dunyoga mashhur.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 4
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти