Central AsianResearch Index

TALABALARDA SHAXSIY IDENTIKLIK SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI.

mazkur maqolada talabalarda shaxsiy identiklik shakllanishining psixologik omillari tahlil qilinadi. Shaxsiy identiklik talabaning o‘zini anglash , hayotiy maqsadlarini belgilash, qadriyatlar tizimini shakllantirish, ijtimoiy rollarini idrok etish va kelajak kasbiy yo‘nalishini tanlash jarayoni bilan bevosita bog‘liq murakkab psixologik hodisa sifatida qaraladi. Maqolada talabalik davrida identiklik shakllanishiga ta’sir etuvchi o‘z-o‘zini anglash, refleksiya , o‘z-o‘zini baholash , emotsional barqarorlik, ijtimoiy muhit, oilaviy tarbiya, tengdoshlar bilan munosabat va kasbiy motivatsiya kabi omillar yoritiladi. Shuningdek, shaxsiy identiklikning shakllanishi talabalarning psixologik yetukligi, ijtimoiy moslashuvi, mustaqil qaror qabul qilishi va kasbiy o‘zini belgilashida muhim ahamiyatga ega ekani asoslab beriladi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 6
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти