Central AsianResearch Index

TALABALARDA MAQSADGA YO‘NALTIRILGANLIK VA AKADEMIK MUVAFFAQIYAT MODELI

mazkur maqolada talabalarda maqsadga yo‘naltirilganlik va akademik muvaffaqiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda ularning integratsion modeli ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy oliy ta’lim tizimida talabaning akademik muvaffaqiyati faqat bilim darajasi bilan emas, balki uning maqsad qo‘yish qobiliyati, ichki motivatsiyasi va o‘zini boshqarish strategiyalari bilan ham belgilanadi. Tadqiqotda maqsadga yo‘naltirilganlik nazariyalari, akademik motivatsiya va o‘zini boshqarish konsepsiyalari asosida talabalarning akademik natijalariga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilindi. Empirik natijalar shuni ko‘rsatdiki, maqsadga yo‘naltirilganlik darajasi yuqori bo‘lgan talabalar o‘quv faoliyatida yuqori natijalarga erishadi. Shuningdek, maqsadga yo‘naltirilganlik , motivatsiya va o‘zini boshqarish o‘rtasida ijobiy korrelyatsiya mavjudligi aniqlanib, ularning integratsiyasi akademik muvaffaqiyatning muhim sharti ekanligi ilmiy asoslandi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 4
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти