TALABALARDA HAYOTIY STRATEGIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
psixologlarning ta’kidlashicha, talabaning hayotiy strategiyasi avvalo uning o‘zini subyekt sifatida his qilishi, ya’ni mustaqil qaror qabul qilishga bo‘lgan tayyorligi bilan belgilanadi. A. Maslou, K. Rodjers, E. Erikson kabi insonparvarlik yo‘nalishidagi tadqiqotchilar shaxsning rivojlanishida ichki “men”ning uyg‘onishi, o‘z salohiyatini anglash va o‘z oldiga maqsad qo‘yish qobiliyatini asosiy psixologik omillar qatoriga kiritadi. Talaba esa o‘zining aynan shu davrida — intellektual izlanish, o‘ziga savol berish, kelajagini tasavvur qilish jarayonida — hayot strategiyasining psixologik poydevorini yaratadi.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 12
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти