TALABALARDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK KONSEPTUAL ASOSLARI
ushbu maqolada talabalarda axborot kompetentligini rivojlantirishning metodik konseptual asoslari tahlil qilinadi. Axborot jamiyatida talabalarning axborot oqimlari bilan ishlash qobiliyatini shakllantirish, ma'lumotlarni izlash, tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati yoritilgan. Mazkur jarayonning asosiy metodik tamoyillari, konseptual yondashuvlari va innovatsion texnologiyalari ilmiy asoslangan holda o‘rganilgan. Talabalar axborot kompetentligini oshirish uchun o‘qituvchilarning roli, ta’lim jarayonidagi metodik faoliyatning samaradorligi va raqamli vositalarning integratsiyasi muhim omillar sifatida ko‘rsatilgan. Maqolada nazariy va amaliy asoslar uyg‘unlashgan holda ko‘rib chiqilib, bu boradagi rivojlanish istiqbollari belgilab berilgan.
Сведения
- Опубликовано
- 2024 · № 10
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти