TALABALAR PORTFOLIOSINI EKLEKTIK YONDASHUV ASOSIDA BOSHQARISH.
hozirgi globallashuv, raqamli transformatsiya va bilimlar iqtisodiyoti sharoitida ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan talablar tubdan o‘zgarib bormoqda. Zamonaviy jamiyatda faqat bilimga ega bo‘lish yetarli emas, balki uni amaliyotda qo‘llash, muammolarni hal qilish, tanqidiy fikrlash va ijodiy yondashish kabi kompetensiyalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli ta’lim tizimida an’anaviy baholash usullaridan kompetensiyaviy yondashuv asosidagi baholash tizimlariga o‘tish zarurati yuzaga kelmoqda. Portfolioga asoslangan baholash tizimi talabaning o‘quv jarayonidagi faoliyatini kompleks tarzda aks ettiruvchi innovatsion vositalardan biri hisoblanadi. Portfolio nafaqat bilim va ko‘nikmalarni, balki talabaning rivojlanish dinamikasini, refleksiyasini, ijodiy yondashuvini va mustaqil o‘rganish qobiliyatini ham namoyon etadi. Talabalar portfoliolarini samarali boshqarish esa murakkab pedagogik jarayon bo‘lib, u yagona metod yoki yondashuv bilan cheklanmaydi. Shu nuqtai nazardan, eklektik yondashuv dolzarb ahamiyatga ega. Eklektik yondashuv turli pedagogik konsepsiyalarni integratsiya qilish orqali ta’lim jarayonini yanada moslashuvchan va samarali tashkil etishga imkon beradi. Bu yondashuv konstruktivizm, kompetensiyaviy yondashuv, refleksiv ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va raqamli pedagogika elementlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 3
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти