Central AsianResearch Index

TALABA SHAXSINING KOGNITIV FAOLIYATIDA MOTIVATSION OMILLARNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining kognitiv faolligini shakllantirishda motivatsion omillarning ta’siri ko‘rib chiqiladi. Motivatsiya psixologik fenomen sifatida shaxsning bilish faoliyatining yo‘nalganligi, barqarorligi va intensivligini belgilaydi. Oliy ta’lim jarayonida ayniqsa talabaning o‘quv faoliyatiga asos bo‘ladigan motivlar va ularni ta’minlovchi psixologik mexanizmlarni anglash muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda ichki motivlar ( bilishga qiziqish , o‘zini namoyon qilish va kasbiy rivojlanishga intilish) hamda tashqi motivlar (baholash, ijtimoiy e’tirof, moddiy rag‘bat) tahlil qilinadi. Ularning o‘zaro uyg‘unligi o‘quv faoliyatining dinamikasini belgilaydi. Alohida e’tibor ichki motivatsiyaga qaratiladi. Chunki aynan ichki motivatsiya talabaning bilish jarayonidagi barqarorlik, mustaqillik, intellektual tashabbus va o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini shakllantiradi. Ichki motivatsiya talabaning bilim izlash, axborotni tahlil qilish, ijodiy fikrlash va metakognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirishga imkon beradi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 10
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти