TA‘LIM VA HAYOT SIFATINI OSHIRISHBUGUNGI KUN ZARURATI SIFATIDA
etish ta’limning bir qator tarkibiy qismlarida sifat masalasiga qat’iy e’tibor qaratishni taqozo etadi. Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga etishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llabquvvatlashga qaratilgan “besh muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Talim sifatini oshirish bu iloji boricha ko‘prok bilim to‘plash, axborotga ega bo‘lishgina emas, balki tafakkurni rivojlantirish, nihoyatda katta axborot oqimidan zarurlarini tezda tanlab olish, yo‘nalishni tezda mo‘ljalga olish, vaziyatni baholash, nostandart muammolarni еchish ko‘nikma va malakasini shakllantirishdir. Hayot sifati muammolarini hal qilish, ayniqsa, tarkibiy qayta qurish, ijtimoiy siyosat modellarini o'zgartirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi yo'nalishlari, yo'llari va mexanizmlarini izlash davrini boshdan kechirayotgan Yangi O’zbekiston uchun juda muhimdir. Hozirgi davrda mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning pirovard maqsadi-aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgandir. Bu borada juda ko’p ishlar qilinganligiga qaramasdan, ularning ayrim masalalari nazariy jihatdan o’z еchimini topmagan. Ulardan biri-insonning hayot darajasi va sifati tushunchalarining nazariy jihatdan asoslangan ta’rifi, ularni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqilmaganligi, mazkur masalaning ijtimoiy-psixologik jihatlari o’rganilmaganligi kabilarni keltirish mumkin.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 4
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти