Central AsianResearch Index

TA’LIM TIZIMIDA ABSISSIAL VA ORDINAL FANLARARO ALOQALARNING ZAMONAVIY TALQINI

zamonaviy ta’lim tizimida fanlararo aloqalar integratsiya jarayonlarining muhim ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Globallashuv va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sharoitida fanlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash o‘quvchilarning yaxlit dunyoqarashini shakllantirish, ilmiy bilimlarni tizimli o‘zlashtirish va real hayotiy muammolarni kompleks hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun zaruriy shartdir. Ushbu maqolada absissial (gorizontal, asosiy yo‘nalishdagi) va ordinal (vertikal, ierarxik tartibdagi) fanlararo aloqalar tushunchalari zamonaviy pedagogik nuqtai nazardan talqin etiladi. Bu aloqalar ta’lim jarayonida fanlarning gorizontal integratsiyasi (parallel bog‘lanishlar) va vertikal uzluksizligi (bosqichma-bosqich rivojlanish) orqali ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 12
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти