Central AsianResearch Index

TA’LIM JARAYONIDA SAN’ATNING O‘RNI VA AHAMIYATI: NAZARIYA VA AMALIYOT

mazkur maqolada ta’lim jarayonida san’atning o‘rni va ahamiyati nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. San’at inson tafakkurini kengaytiruvchi, estetik didini shakllantiruvchi, ma’naviy-axloqiy tarbiyani mustahkamlovchi omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda san’atning ta’lim jarayoniga integratsiyasi, uning shaxsning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o‘rni, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llanish samaradorligi asoslab beriladi. Xususan, musiqa , tasviriy san’at , teatr va boshqa san’at turlari o‘quvchilarda estetik idrok, kreativ fikrlash va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini tarbiyalashda muhim vosita ekanligi ta’kidlanadi. Maqola san’atning ta’lim jarayonidagi nazariy asoslari va amaliy tajribalarini uyg‘un holda ko‘rsatib, pedagogik jarayonda san’atdan foydalanishning samaradorlik jihatlarini yoritishga qaratilgan.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 10
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти