STOMATOLOGIYA TALABALARINI O'QITISHDA VALEOLOGIYANING ROLI
valeologiya fanini o‘qitish oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida davom etmoqda va bu fan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va shakllantirish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Valeologik ta’lim insonning valeologik madaniyatini shakllantirishni nazarda tutadi. Insonning o‘z genetik, fiziologik va psixologik imkoniyatlari haqida bilimga ega bo‘lishi va o‘z salomatligini boshqarish, saqlash va rivojlantirish usullari va vositalarini bilishi, valeologik bilimlarni atrofdagilarga yetkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart va majburiy. Bugungi kunda klinik va nazariy tibbiyotning birorta sohasi yo‘qki, unda Valeologiya fani bo‘yicha bilimlar profilaktika va ilmiy maqsadlarda qo‘llanilmagan bo‘lsa.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 1
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти