SLENGNING NORMATIV TILGA KIRISH JARAYONI.
til doimiy ravishda rivojlanib boradigan ijtimoiy hodisa bo‘lib, jamiyatdagi ijtimoiy, madaniy va kommunikativ jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Jamiyat taraqqiyoti davomida tilning lug‘aviy tarkibi ham yangilanib boradi, yangi so‘zlar va iboralar paydo bo‘ladi hamda ayrim so‘zlarning qo‘llanish doirasi kengayadi yoki torayadi. Ana shunday til birliklaridan biri sleng hisoblanadi. Sleng – bu muayyan ijtimoiy guruhlar, ayniqsa yoshlar, kasb egalari yoki ma’lum submadaniyat vakillari tomonidan kundalik muloqot jarayonida faol qo‘llaniladigan norasmiy leksik qatlamdir. Sleng so‘zlar ko‘pincha emotsional-ekspressiv bo‘lib, nutqqa jonlilik, obrazlilik va ifodaviylik bag‘ishlaydi. Dastlab bunday birliklar adabiy til me’yorlariga kirmagan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan ayrim sleng birliklari umumxalq nutqiga kirib boradi va asta-sekin normativ til tarkibiga qo‘shilishi mumkin. Zamonaviy lingvistika fanida slengning til tizimidagi o‘rni, uning shakllanish mexanizmlari hamda normativ tilga kirib borish jarayonini o‘rganish muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Globalizatsiya, ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar rivojlanishi natijasida sleng birliklarining tarqalish tezligi sezilarli darajada oshdi. Bu esa ularning adabiy til me’yorlariga ta’sirini yanada kuchaytirmoqda. Shu sababli slengning normativ tilga kirish jarayonini ilmiy jihatdan o‘rganish til taraqqiyoti qonuniyatlarini anglashda hamda zamonaviy leksik jarayonlarni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 3
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти