Central AsianResearch Index

SHARQ VA G‘ARB PEDAGOGIKASIDA MUAMMOLI O‘QITISH G‘OYALARINING QIYOSIY TAHLILI.

ushbu maqolada Sharq va G‘arb pedagogik an’analarida muammoli o‘qitish g‘oyalarining nazariy asoslari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi turli pedagogik paradigmalar doirasida muammoli o‘qitish konsepsiyasining talqini, mazmuni va metodologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda konstruktivizm , sotsiokultural yondashuv hamda Konfutsiy pedagogikasi asosiy nazariy asos sifatida tanlandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, G‘arb pedagogikasida muammoli o‘qitish mustaqil fikrlash va kognitiv faollikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, Sharq pedagogikasida u axloqiy tarbiya, ijtimoiy uyg‘unlik va yo‘naltirilgan bilish bilan uyg‘unlashgan. Maqolada ushbu yondashuvlarning integratsiyasi zamonaviy ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslanadi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 6
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти