Research Focus2025
SARIMSOQPIYOZ PIYOZBOSHINI DONALARGA AJRATUVCHI QURILMANING GEOMETRIK PARAMETRLARI
Respublikamiz hududida sarimsoqpiyoz yetishtirish va uni export qilish ko’lami kengayib bormoqda. Sarimsoqpiyozni yetishtirishda xususan uni ekish jarayonida sarimsoqpiyoz piyozboshini donalarga ajratish jarayoni qo’l mehnati orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu qo’l mehnatiga barham berish maqsadida sarimsoqpiyoz piyozboshini donalarga ajratuvchi qurilma ishlab chiqish muhim masala bo’lib turibdi. Bunday qurilmani yasashda bir nechta talablar qo’yiladi. Yasalgan qurilmani bir manzildan ikkinchi manzilga ko’chirishda qulaylikga ega bo’lish. Qurilma ishlash jarayonida sarimsoqpiyoz donalariga shikast yetkazmaslik, donalarni po‘stlog’idan ajralib ketmasligiga, unuvchanlik xususiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaslik talab etiladi.
Сведения
- Журнал
- Research Focus
- Опубликовано
- 2025 · Т. 4, № 3
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ветеринария ИТИ ва “Илм-фан ва инновациялар академияси” МЧЖ