Central AsianResearch Index

SADRIDDIN AYNIYNING PEDAGOGIK FAOLIYATIDA OILA MASALASI HAQIDAGI QARASHLARI

bugun dunyoda kechayotgan voqea-hodisalar xohlaymizmi-yo‘qmi, bir asr oldingi saboqlarni eslashga, ulardan oqilona xulosa chiqarib, yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslikka undamoqda. Zero, Prezidentimiz Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomada alohida ta’kidlaganidek, bugungi dunyo hayoti har qachongidan ham murakkab, ziddiyatli, xavfli ko‘rinish olgan. Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat , inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o‘rganishimiz lozim. Ularning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligi Yangi O‘zbekistonni qurishda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi zarur. Mazkur maqolada jadidchilk harakatining namoyondasi, Buxoro ma’rifatparvar pedagogi Sadriddin Ayniyning hayot yo‘li, uning ijodi hamda pedagogik faoliyatidagi o‘quv-tarbiya jarayoni, mashg‘ulotlarda bolalarning ishtiroki, oilalarda farzandlarning ta’lim-tarbiya borasidagi qarashlari haqida ilmiy izlanishlari haqida fikr yurituilgan. Mashhur ma’rifatparvar adib, yirik so‘z san’atkori, Buxorodagi jadidchilik harakatining taniqli namoyandasi, yosh avlodning ta’lim tarbiyasi, kelajagi va Vatan ravnaqi uchun kurashgan jamoat arbobi Sadriddin Ayniy (1878-1954) yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, vatanparvarlik ruhiyada tarbiyalash to‘g‘risidagi qarashlari, pedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixida O‘zbekistonda asosiy o‘rinlardan birida turadi. Ta'lim sohasini tubdan isloh qilish orqali o'qituvchi kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yoritish, fan, texnika, texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda o'qituvchilarni qayta tayyorlash, o'qituvchi shaxsiga qo'yilgan talablar haqida Sadriddin Ayniyning asarlari orqali pedagogik faoliyatda qo‘llashdan iborat.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 2
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти