RAQAMLI TA’LIM DAVRIDA TALABALARDA AXBOROT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH
mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim sharoitida talabalarning axborot madaniyatini shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Ta’kidlash kerakki, axborot jamiyatining rivojlanishi shaxsga nisbatan ijtimoiy hamda kasbiy faoliyatning barcha sohalarida mutlaqo yangi talablarni yuzaga keltirmoqda. Axborot madaniyatini shakllantirish oliy ta’lim muassasalarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ta’lim tizimi zamonaviy chaqiriqlarga moslashishi va axborot jamiyatida samarali faoliyat yuritishga tezkor adaptatsiyalanishi zarur. Raqamlashtirish, masofaviy ta’lim, yangi axborot texnologiyalarining joriy etilishi va interaktiv muloqot ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish hamda shaxsning axborot madaniyatini shakllantirish imkonini yaratmoqda.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 5
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти