Central AsianResearch Index

RANGTASVIR DARSLARIDA MOYBO‘YOQDA ISHLASH USULLARI.

bugungi kunda tasviriy san’at ta’limi yosh avlodning estetik didini shakllantirish, badiiy tafakkurini rivojlantirish hamda ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishda muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa, rangtasvir darslari o‘quvchilarning tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ranglarni idrok etish, kompozitsiya tuzish va obrazli fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Moybo‘yoq texnikasi tasviriy san’atning eng qadimiy va keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi. Bu texnika ranglarning chuqurligi, boyligi va uzoq vaqt saqlanishi bilan ajralib turadi. Rangtasvir darslarida moybo‘yoqdan foydalanish o‘quvchilarga ranglarning uyg‘unligini tushunish, yorug‘ soya munosabatlarini tasvirlash hamda tabiat va predmetlarni realistik ifodalash imkonini beradi. Shu sababli rangtasvir darslarida moybo‘yoqda ishlash usullarini o‘rgatish o‘quvchilarning badiiy savodxonligini oshirish, estetik didini shakllantirish va ijodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 3
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти