Central AsianResearch Index

RADIOFARM PEREPARATLAR TIBBIYOTDA QO’LLANILISHI

Mazkur maqolada radiofarmatsevtik preparatlar (RFP)ning tibbiyotda qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. RFPlar radioaktiv moddalar bo‘lib, turli kasalliklarni diagnostika qilish va davolash uchun ishlatiladi. Ishda radiofarmatsevtika sohasining tarixiy rivojlanishi, nazariy asoslari, ishlab chiqarish va sifat nazorati usullari tahlil qilinadi. Diagnostika sohasida RFPlar, jumladan, pozitron-emission tomografiya (PET) va yagona foton-emission kompyuter tomografiya (SPECT) kabi usullar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, RFPlarning radioterapiyada, masalan, saraton kasalligini davolashdagi qo‘llanilishi o‘rganiladi. Yakunda radiofarmatsevtika sohasidagi hozirgi muammolar va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi, innovatsiyalar va xavfsizlik standartlariga rioya qilishning ahamiyati ta’kidlanadi. Ish zamonaviy tibbiyotda RFPlarning ahamiyatini va kasalliklarni aniqlash va davolashdagi potensial hissa qo‘shishini namoyish etishga qaratilgan.

Сведения

Журнал
Research Focus
Опубликовано
2025 · Т. 4, № 1
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Ветеринария ИТИ ва “Илм-фан ва инновациялар академияси” МЧЖ