QORAQALPOG‘ISTON BADIIY KINOSIDA OROL MAVZUSINI YORITISHDAGI O‘ZIGA XOS YONDASHUVLAR
ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston badiiy kinosida Orol mavzusining ijodiy yoritilishi, ekologik fojianing inson hayotiga va mahalliy madaniyatga ta’siri tahlil qilinadi. Kinoijodkorlarning Orol muammosini estetik va g‘oyaviy jihatdan yoritishdagi o‘ziga xos usullari va ularning tomoshabinga ta’siri o‘rganiladi.Qoraqalpog‘istonning Orol dengizi bilan bog‘liq tarixi nafaqat ekologik, balki ijtimoiy, madaniy va ma’naviy masalalarni qamrab oladi. Orol dengizi qurishi mintaqada chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lib, bu holat badiiy kino ijodkorlari uchun ilhom manbaiga aylandi. Shu munosabat bilan mazkur maqolada Orol mavzusining kino san’atida yoritilishi tahlil qilinadi.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 2
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти